Tadqiqotchilik salohiyatini rivojlantirish: HIVE platformasi va o‘quv dasturlari orqali olimlar imkoniyatlarini kengaytirish

Blog Image

Ushbu flagman tashabbus O‘zbekiston akademik hamjamiyatining, ayniqsa, tadqiqot faoliyatini endi boshlayotgan ilmiy izlanuvchilar va aspirantlarning tadqiqot va ilmiy maqola yozish ko‘nikmalarini kuchaytirishga qaratilgan. Onlayn va oflayn ko‘rinishdagi kompleks o‘quv dasturlari orqali, loyiha yosh olimlarga ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro ilmiy muhitda ishtirok etish uchun zarur bilim, vosita va mentorlik taqdim etishga intiladi.

Tashabbusning asosiy komponentlari:

HIVE – akademik matn, nashr strategiyalari va tadqiqot metodologiyalarini yuqori sifatli va tizimli o‘rgatish uchun ishlab chiqilgan innovatsion onlayn ta’lim platformasi. 

Mahorat saboqlari, intensivlar va treninglar – xalqaro e’tirofga ega, ko‘plab maqolalar chiqargan olimlar tomonidan o‘tkaziladigan yuzma-yuz va gibrid sessiyalar.

Ustozlik va integratsiya – yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar shaxsiy ustoz bilan ta’minlanadi va laboratoriya tadqiqotlariga jalb qilinadi, bu amaliy tajribani ta’minlab, uzoq muddatli akademik rivojlanishga ko‘maklashadi.

Tashabbusdan maqsad: Butun mamlakat bo‘ylab 2000 nafar tadqiqotchiga amaliy ko‘nikmalarga urg’u bergan holda, ilmiy maqola yozish, jurnalga topshirish, taqrizlar bilan ishlash va nashrlar etikasini o‘rgatish. Inklyuzivlik, akademik sifat va tadqiqotning dolzarb mintaqaviy muammolarni hal etishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor beriladi.

Bu nega muhim: ilmiy tadqiqotlarga qiziqish o‘sib borayotganiga qaramay, ko‘pgina o‘zbek tadqiqotchilari xalqaro nashrlarda maqola chop etishda til to‘siqlari, tajriba va ustozlar yetishmasligi kabi jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Ushbu tashabbus mazkur nihoyatda ahamiyatli bo‘shliqni to‘ldiradi va boshqa mamlakatlar uchun namunali model bo‘la oladigan tizimli, mashtablanuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi akademik salohiyatlar modelini taklif etadi. 

Natijalar: Yuzlab ishtirokchilar ushbu dasturda muvaffaqiyatli tahsil oldilar. Ularning ko‘pchiliklari maqola chop etdilar, Laboratoriya loyihalarida qatnashdilar va o‘z muassasalarida tadqiqotchilik madaniyatini rivojlantirishga hissa qo‘shdilar.

Hamkorlar: Dastur Ijtimoiy va inson kapitali tadqiqotlari laboratoriyasi tomonidan, yetakchi jahon olimlari va TIQXMMI MTU va Toshkent Amaliy fanlar universiteti kabi hamkorlar bilan birga amalga oshirilmoqda.